MTCIT (Ummon) va Yuqori texnologiyalar parki (Ozarbayjon) delegatsiyalari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurishdi
ICTWEEK 2026 xalqaro haftaligi doirasida delegatsiyalar ilg‘or raqamli yechimlar bilan tanishish maqsadida kompaniyaga tashrif buyurishdi.


🔘 MTCIT - Ummon transport, aloqa va IT vazirligi bo‘lib, elektron hukumat strategiyasi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mas’uldir.
🔘 Ozarbayjon yuqori texnologiyalar parki - raqamli transformatsiya va IT ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan innovatsion klaster.
Mehmonlarga UZINFOCOMning asosiy loyihalari: MyID Palm biometrik tizimi, my.gov.uz yagona davlat xizmatlari portali va DMED tibbiy platformasi taqdim etildi.
Mehmonlar ishlab chiqilayotgan yechimlar ko‘lami va bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan keng ko‘lamli sohalarni yuqori baholadilar.
