UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

ICT Week Uzbekistan 2026 yakunlari: UZINFOCOM bilan 4 kunlik innovatsiyalar

Keng ko‘lamli texnologik hafta o‘z nihoyasiga yetdi! Shu kunlar davomida A3 stendi mutaxassislar, hamkorlar va ko‘rgazma mehmonlari uchun haqiqiy diqqat markaziga aylandi.

25.09.2026

ICT Week Uzbekistan 2026 yakunlari: UZINFOCOM bilan 4 kunlik innovatsiyalar

Ilg‘or raqamli mahsulotlarning keng qatori namoyish etildi. Ular orasida raqamli sog‘liqni saqlash yechimlari (AI Pharma, AI Mammo, AI Chest, MedInsight), Palm Pay va Face Pay biometrik to‘lov tizimlari, UGAZ apparat majmuasi, Notetaker AI aqlli yordamchisi, HR va ta’lim platformalari, shuningdek, my.gov.uz asosidagi AI Government Assistant loyihasi o‘rin oldi.

Ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra, UZINFOCOM 3 ta muhim memorandumni imzoladi:

  • Yaponiyaning Soft Hyperion kompaniyasi bilan — yechimlarimizni Yaponiya bozorida targ‘ib qilish to‘g‘risida.
  • Ozarbayjonning PLUG kompaniyasi bilan — raqamli transformatsiya sohasida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish to‘g‘risida.
  • O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyani tartibga solish agentligi bilan — o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va amaliy IT-yechimlarni rivojlantirish maqsadida.


Bellissimo Pizza bilan hamkorlikning 4 kuni davomida Palm Pay orqali 800 dan ortiq, Face Pay orqali esa 300 dan ortiq to‘lov amalga oshirildi. Yangi to‘lov usullari yordamida jami 2300 ga yaqin taom xarid qilindi.

Hamkorlar, hamkasblar va stendning barcha mehmonlariga bildirilgan qiziqish va ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz!