UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari vakillari,

shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchilar tashrif buyurdi.

26.09.2026

UZINFOCOM ofisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari vakillari,

Tashrif doirasida mehmonlar UZINFOCOM shourumida taqdim etilgan raqamli yechimlar bilan tanishdilar.

Ishtirokchilarga quyidagilar namoyish etildi:

  • MyID — biometrik identifikatsiya tizimi;
  • my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
  • Agroplatforma.uz — agrar sohani raqamlashtirish tizimi.


Tashrif davomida mehmonlar mazkur yechimlarning funksional imkoniyatlari va ularning raqamlashtirishning turli sohalarida qo‘llanishi bilan tanishdilar.