UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC)ning Professional Management Program dasturi tinglovchilari delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlarga UZINFOCOM shourumi namoyish etildi hamda kompaniya faoliyati, asosiy ish yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan raqamli yechimlar haqida ma’lumot berildi.

30.09.2026

O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC)ning Professional Management Program dasturi tinglovchilari delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Ishtirokchilar UZINFOCOMning bir qator loyihalari, jumladan, MyID — biometrik identifikatsiya tizimi, Muxlisa AI — o‘zbek tilidagi ovozli yordamchi, hrm.gov.uz — inson resurslarini boshqarish tizimi, shuningdek, raqamli geologiya va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yechimlar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va UZINFOCOM ishlanmalarini turli sohalarda qo‘llashning amaliy misollari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.