ADM Global delegatsiyasi UZINFOCOM’ga tashrif buyurdi
ADM Global — O‘zbekiston avtomobilsozlik tarmog‘idagi Kia, CHERY, HAVAL, TANK, Changan hamda Hyundai Truck & Bus brendlarini birlashtirgan kompaniyalar guruhidir.

Tashrif doirasida ADM Global vakillari UZINFOCOM faoliyati hamda kompaniyaning raqamlashtirish sohasidagi asosiy ish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. UZINFOCOM shourumida delegatsiya a’zolari uchun raqamli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Mehmonlarga MyID biometrik identifikatsiya tizimi, my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, hrm.gov.uz inson resurslarini boshqarish tizimi, shuningdek, kompaniyaning boshqa raqamli yechimlari taqdim etildi.

Uchrashuv davomida delegatsiya namoyish qilingan yechimlarning amaliyotda qo‘llanilishi, shuningdek, UZINFOCOM’ning raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish borasidagi tajribasi bilan tanishdi.
