UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM EMBRAS 2026 mukofoti taqdirlash marosimida

EMBRAS — ish beruvchi brendi sohasida har yili topshiriladigan xalqaro mukofot bo‘lib, u kompaniyalarning HR-loyihalarni amalga oshirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish va xodimlarni boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasidagi yutuqlarini e’tirof etadi.

26.10.2026

UZINFOCOM EMBRAS 2026 mukofoti taqdirlash marosimida

2026-yilda UZINFOCOM «Xodimlarni boshqarishda ESG» nominatsiyasi bo‘yicha ushbu mukofotning bronza sovrindoriga aylandi.

Mazkur mukofot jamoaning hamjihatlikdagi mehnati va har bir xodimning kompaniya rivojiga qo‘shgan hissasi samarasidir. U UZINFOCOM kompaniyasining xodimlarni boshqarish, ichki jarayonlarni rivojlantirish hamda faoliyatning ekologik, ijtimoiy va boshqaruv jihatlarini inobatga oluvchi ESG tamoyillarini joriy etishga bo‘lgan tizimli yondashuvining ahamiyatini tasdiqlaydi.