UZINFOCOM bosh direktori davlat mukofotiga sazovor boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan sogʻliqni saqlash sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, UZINFOCOM bosh direktori Gimranov Emil Ildarovich “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.

Tantanali marosim doirasida davlat rahbari 800 mingdan ortiq xodimning sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi keng koʻlamli islohotlarga qoʻshgan salmoqli hissasini alohida eʼtirof etdi. Mukofotlanganlar qatorida tibbiyotning turli yoʻnalishlari vakillari, tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar, shuningdek, sohaning raqamli transformatsiyasini jadallashtirayotgan mutaxassislar ham oʻrin olgan.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali — kasbiy hissa va amalga oshirilgan ishlarning yuksak eʼtirofidir. Ushbu mukofot mamlakatimizning turli sohalarini rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etayotgan mutaxassislar saʼy-harakatlarining naqadar muhimligini namoyon etadi.
