UZINFOCOM RISE 2026 konferensiyasida ishtirok etdi!
29-oktyabr kuni Toshkent shahrida chakana savdo sohasidagi innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarga bag‘ishlangan RISE konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida UZINFOCOM vakili Rustam Alavutdinov chakana savdoda sun’iy intellektni qo‘llash hamda qonunchilik talablariga rioya etish borasida uning imkoniyatlari haqida ma’ruza qildi.

Tamaki mahsulotlarini sotishda xaridorlarning yoshini aniqlash texnologiyalarini sinov tariqasida joriy etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiya tajriba almashish, chakana savdoni raqamlashtirish istiqbollari hamda biznes jarayonlarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalarini muhokama qilish uchun samarali maydonga aylandi.
