Gruziya delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi
Uchrashuv doirasida mehmonlar kompaniyaning ko‘rgazma zalida bo‘lib, davlat hamda korporativ sektorlar uchun joriy etilayotgan asosiy faoliyat yo‘nalishlari, raqamli yechim va ishlanmalar bilan tanishdilar.

Delegatsiya vakillari kompaniyaning bir qator loyihalari, jumladan: MyID — biometrik identifikatsiya tizimi, Muxlisa AI — o‘zbek tilidagi ovozli yordamchi, my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, DMED — raqamli sog‘liqni saqlash axborot tizimi va boshqalar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar taqdim etilgan yechimlarning imkoniyatlari, ularning amaliyotda qo‘llanilishi hamda davlat xizmatlarini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
