UZINFOCOM "AI Talaba" forumida iştirok etdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida sun’iy intellekt, dasturlaş, raqamli ta’lim va startaplar sohasidagi imkoniyatlarga bağişlangan "AI Talaba" forumi bölib ötdi.

Forum doirasida UZINFOCOM HR-jamoasi mutaxassislari talabalar bilan uçraşib, mehnat bozorida talab yuqori bölgan könikmalar, IT sohasida işga joylaşiş hamda kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari haqida sözlab berdilar.

Karyerani boşlaş va yoş mutaxassislar uçun yaratilgan imkoniyatlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilar ekspertlarga özlarini qiziqtirgan savollarni berib, zamonaviy mehnat bozori talablari haqida amaliy ma’lumotga ega böldilar.
Bunday tadbirlarda iştirok etiş UZINFOCOMga bölajak IT-mutaxassislar bilan muloqot örnatiş hamda yoşlarni sohadagi kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari bilan taniştiriş imkonini beradi.
