UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Bugun ICTWEEK-2024 ko'rgazmasining ikkinchi kuni va biz barcha mehmonlarni UZINFOCOM stendida kutib olishdan xursandmiz!

Blokcheyn taqdim etadigan xavfsizlik va shaffoflik haqida ko'proq bilmoqchimisiz?

18.09.2024

Bugun ICTWEEK-2024 ko'rgazmasining ikkinchi kuni va biz barcha mehmonlarni UZINFOCOM stendida kutib olishdan xursandmiz!

 

Blokcheyn taqdim etadigan xavfsizlik va shaffoflik haqida ko'proq bilmoqchimisiz? Unda sizni Token.uz loyihalarimizdan biri – biznes va davlat idoralari uchun universal blokcheyn platformasi bilan tanishishga taklif qilamiz.

Token.uz xususiy blokcheyn tarmoqlarini, proof-of-Authority algoritmi yordamida tezkor tranzaktsiyalarni qayta ishlashni, shuningdek jarayonlarni avtomatlashtirish uchun aqlli shartnomalarni joriy etishni taklif etadi.

UZINFOCOM stendidagi Token.uz zonasiga tashrif buyuring! Bizning mutaxassislarimiz barcha savollarga javob berishga va tizimning afzalliklari haqida aytib berishga tayyor!