UZINFOCOMning sog‘liqni saqlashni raqamlashirish departamenti xodimlari
Markaziy Osiyo mutaxassislari uchun FHIR xalqaro standarti asosida o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha JSST ning O‘zbekiston ofisi tomonidan tashkillashtirilgan amaliy treningida ishtirok etmoqda.

Treningning maqsadi – texnik mutaxassislarga FHIR standartlarini joriy etish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish, shuningdek, sog‘liqni saqlash axborot tizimlarining funksional muvofiqligini oshirish hamda samaradorligini ta’minlashdir.
Trening davomida ishtirokchilar FHIRning asosiy tamoyillari, tibbiy ma’lumot almashishdagi afzalliklari va amaliyotdagi qo‘llanilish misollari bilan tanishadilar. Bu turli muassasa va tizimlar o‘rtasida tibbiy ma’lumotlarning integratsiyasini yaxshilash imkonini beradi.