Kompaniyamizning eng ilg‘or va ko‘rki bo‘lgan ijtimoiy loyihasi IT-Village majmuasi navbatdagi o‘quv mavsumini muvaffaqiyatli yakunladi.
Joriy yilda Samarqand, Nurobod hamda Pastdorg‘om tumanining 10 ta maktabdan 400 nafarga yaqin o‘quvchi bilim va malakasini oshirib, axborot texnologiyalari olamiga ilk katta qadamlarini qo‘ydi.

Shu munosabat bilan 27-sentabr kuni majmuada bayram tadbiri tashkil etilib, barcha o‘quvchilarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, IT Village majmuasi tashkil etilganidan buyon 2 yil davomida 1000 ga yaqin yoshlar dasturlash va ingliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.