UZINFOCOM Latviyada bo‘lib o‘tgan "RIGA COMM 2024" xalqaro biznes-texnologiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Ko‘p tarmoqli ko‘rgazma doirasida Fintex yo‘nalishida konferensiya o‘tkazildi. Unda UZINFOCOM eksport bo‘limi boshlig‘i Timur Miyassarov nutq so‘zladi.

O‘z nutqida u turli sohalarda to‘lov xavfsizligini ta’minlash uchun yuzni biometriya orqali tanib olish tizimi haqida so‘z yuritdi.
Shu bilan birga, bu yilning sentabr oyida Latviya davlatida UZINFOCOMning Yevropada birinchi ofisi ochilganini eslatib o‘tamiz. "RIGA COMM 2024"da ishtirok etish yevropalik hamkorlar bilan aloqalarni o‘rnatishda muhim qadam bo‘ldi.