Bugun Ikkinchi xalqaro marketpleyslar konferensiya bo'lib o'tdi
unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan davlat idoralari vakillari, yetakchi soha ekspertlar va biznes rahbarlari ishtirok etdi.

Anjumanda elektron tijoratning asosiy tendentsiyalari, marketpleyslarda reklama strategiyalari va bozorni o‘zgartirayotgan innovatsiyalar muhokama qilindi.
Konferensiya doirasida UZINFOCOM O‘zbekiston sotuvchilar uyushmasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu mamlakatimizda elektron tijorat ekotizimini qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish bo‘yicha raqamli yechimlarni ishlab chiqishda muhim qadamdir.
Shuningdek, UZINFOCOM stendida kaft orqali innovatsion kontaktsiz to‘lov tizimi – MyID Palm taqdim etildi va bu ko‘rgazma ishtirokchilarining katta e’tiborini tortdi.