2024-yilning 10-oktabr kuni .UZ domeni administratsiyasining
ICANN (Domen nomlari va IP-manzillarni boshqarish korporatsiyasi) vakili Mixail Anisimov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'zbekiston domen sanoatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Asosiy mavzular ilg'or texnologiyalarni joriy etish, infratuzilmani yaxshilash va .UZ registratorlarining xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etishi bo'ldi. Shuningdek, mamlakatda L-ROOT asosiy serverini joylashtirish va CCNSOga (Mamlakat kodlari nomlarini qo'llab-quvvatlovchi tashkilot) qo'shilish masalalari ham muhokama qilindi.
.UZ domenining ma’muriyati domenlar auktsioni orqali kiberskvottingga (domenni ishlatmasdan olib qo’yish) qarshi kurash loyihasini taqdim etdi. ICANN ma’muriyatning bu masalada oshkoralik va adolatga erishishga bo’lgan intilishini yuqori baholadi.